Grumm-Grjimaylo Grigoriy Efimovich
Grumm-Grjimaylo Grigoriy Efimovich [1860.5(17).2, Peterburg — 1936.3.3, Sankt-Peterburg] — rus geografi, sharqshunos. O’rta Osiyo va Markaziy Osiyoni tadqiq qilgan sayyoh. Rossiyada xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1928). 1920-31 y.larda sobiq Ittifoq geografiya jamiyatining viseprezi- Denti. 1884-87 y.larda olay, Pomir, Tyanshan tog’lari, Qashqar, Qoraqurumga sayohat qilgan. 1889 — 90 y.larda Mar- kaziy Osiyoni o’rganish ekspedisiyasiga rahbarlik qilib, tadqiqotlar olib bo- rilgan joylarning tarixiy-etnografik tavsifini yozgan. Ekspedisiya davrida Turfon cho’kmasi chuqurligini (— 130 m, hoz. zamon ma’lumotlariga ko’ra — 154 m) aniqladi. 1903-1914 y.larda bir necha marta Mongoliya g’arbiga, Tuva (o’sha vaqtdagi Uryanxay o’lkasi), uzoq Sharq va b. joylarga sayohat qildi va Ekspedisi- yalar uyushtirdi. Asarlari tarixiy Geo- grafiya va etnografiyaga bag’ishlangan. G. nomiga Sixote-Alin tog’laridagi dovon, Pomirda o’zi kashf qilgan muzlik va Bogdo-o’la tog’idagi muzlik qo’yilgan.