Gossi (Gozzi) Karlo
Gossi (Gozzi) Karlo (1720.13.12 -Venesiya — 1806.4.4.) — italyan dra- maturgi. «Uch apelsin ishqida» (1761) pesasi b-n teatr ertakchiligi (fya- ba) janriga asos solgan. G. Ijtimoiy qarashlariga ko’ra konservator bo’lgan, hayotdagi hamma tartiblarning joy- joyida qolishini istagan, yangi ij- timoiy tamoyillarni yoqtirmagan, hatto frantsuz ma’rifatparvarlari- ning g’oyalarini ham qabul qilmagan. Shu b-n birga kiborlar tabaqasining nuqsonlarini ham tanqid qilgan. G. asar- lari xalq yumorlariga boy, xalq drama- lariga xos masxarabozlik xususiyatlari etakchilik qiladi («ilon xotin», 1762; «Zubayda», 1763; «chin ma’shuqa», 1771 va b.). «Baxtli gadolar» (1764) ertak-pe- sasidagi voqealar Samarqandda bo’lib o’tadi. Unda G.ning Odil shoh haqidagi g’oyalari aks etgan. «Malikai Turandot» (1762) da Sharq ayollarining ijtimoiy ahvoli tasvirlangan. Asar rus tilidan Cho’lpon (1926), Mannon Uyg’ur tarjima- sida (1928) sahnalashtirilgan. «Baxtli gadolar» Shukrullo tarjimasida nashr etilgan (1969).