Grelka

Grelka (rus. — isitkich) — badan- ning ma’lum joyini isitish uchun mo’ljallangan moslama. Badanning G. qo’yib isitiladigan qismida qon ko’p to’planib, og’riq yo’qoladi. Rezina xal- tacha shaqlidagi g. va elektr toki b-n isiydigan g. mavjud. Maxsus G. bo’lmasa, og’zi tiqin b-n mahkam yopiladigan shisha ishlatish qam mumkin. Ichiga issiq qum yoki qipiq solingan (quruq issiq) xalta- dan foydalansa ham bo’ladi. Rezina G.ga hajmining % qismigacha suv quyiladi va qolgan qismidagi havo ehtiyotlik b-n chiqarib yuboriladi, og’zidagi tiqin yax- shilab burab qo’yiladi. G. juda issiq bo’lsa, oldin adyol ustidan, bir oz sovi- gach, choyshab ustidan, oxirida badanga qo’yiladi. Kishi sovqotganda g. birin-chi tibbiy yordam sifatida qo’llanadi (q. Sovuq olishi). Bemorni parvarish qilish, og’riqni qoldirish maqsadida G. qo’yilganda, albatta, vrach b-n maslahatlashish lozim.