Genosid

Genosid (Yun. genos — urug’, kabila va lot. caedo — o’ldiraman) — xalqaro jinoyatlarning bir turi: irqi, Milla- ti, dini, etnik tarkibiga ko’ra, aholi guruhlarini yoppasiga yoki qisman jis- monan qirib yuborishga qaratilgan harakat. BMT Bosh Assambleyasining g. jinoyatlarining oldini olish va ular- ni amalga oshirganligi uchun jazolash to’g’risidagi konventsiyasiga (1948) ko’ra, G. qattiq qoralanadi, aybdor shaxslarga nisbatan xalqaro jinoiy javobgarlik belgilanadi. Bunda mazkur shaxslar- ning ijtimoiy mavqei, g. tinchlik yoki urush vaqgida sodir etilganligi hisobga olinmaydi. Konventsiyami imzolagan dav- latlar o’z hududlarida g.ni amalga oshi- ruvchi va unga undovchi shaxslarni jazo- lash bo’yicha huquqiy me’yorlarni ishlab chiqish majburiyatini uz zimmalariga oladilar. Irqiy kamsitishning bar- cha shakllarini yo’q qilish to’g’risidagi BMT konventsiyasida (1965) ham g. qattiq qoralanadi (q. Irqchilik, Aparteid). 2-jahon urushi davrida gitlerchilar Germaniyasining slavyan va yahudiy mil- latlariga mansub aholi (taxm. 12 mln. kishi)ni ommaviy qirg’in etishi (q. FA- shizm), Pol Pot va Ieng sari to’dasining Kampuchiya xalqiga qarshi vahshiyona Ji- noyatlari (ular oqibatida 3 mln. Kishi yo’q qilib yuborildi) va h. k. G.ning eng ashaddiy ko’rinishi hisoblanadi.