Geokimyoviy tsikllar

Geokimyoviy tsikllar – ta- drijiy kechadigan kimyoviy jarayonlar majmui. G. ts.da kimyoviy elementlar bir qancha migrasiyadan keyin, turli fizik- kimyoviy qayta o’zgarishlarda mineral- lar hosil qilib ishtirok etadi, izotop tarkibini o’zgartirib, dastlabki holiga qaytadi. «G. ts.»termini rus olimi A. E. Fersman tomonidan 1922 yda taklif etilgan. 1927 y.da V. I. Vernadskiy Er po’stidagi ko’pgina kimyoviy elementlar- ning g. ts.da ishtirok etishini «Geoxi- miya ocherklari» asarida asoslab berdi. U er po’stining turli zonalarida birik- ma, molekula va kristallar hosil qilib, bir shakldan ikkinchi shaklga o’tib, ay- lanib yuradigan vodorod, bor, azot, kis- lorod, natriy, magniy, alyuminiy kabi 40 dan ortiq kimyoviy elementlarni g. ts. hosil qiluvchi elementlar guruhiga kiritdi. Geokimyoviy tadqiqotlar aso- sida g. ts.ning barcha bosqichlari uchun yuqoridagi kimyoviy elementlardan ba’- zilari (N, CI, N, o, S, R, S, K, Na) xarak- terli ekanligi, boshkalari esa faqat Ge- osfera, litosfera, gidrosfera va atmos- fera g. i.ni hosil qilishi mumkinligi isbotlandi. So’nggi yillarda fizik va kimyoviy xususiyatlariga ko’ra elementlar umumiy va xususiy g. ts.da ishtirok eti- shi aniqlandi. Xususiy G. ts.da element- lar bitta zonada (geosfera), umumiy g. ts.da esa er po’stining turli zonalarida birikma, molekula holida ishtirok eta- Di. Bunday holat g. ts.da faqat ayrim ele- mentlar ishtirok qilishini ko’rsatadi va g. ts. tushunchasiga aniklik kiritdi, ya’ni geosferada elementlarning birik- malar to’plamini hosil qilish jarayoni G. ts. deb yuritiladigan bo’ldi. G. ts. mag- matik, postmagmatik, gipergen, cho’kindi jins hosil qiladigan erta va kechki diagenez va metamorfik jarayonlarni o’z ichiga oladi. G. ts. alohida kimyoviy ele- mentlar uchun ham kuzatiladi.