Geologik kesim, geologik profil

Geologik kesim, geologik profil — joyning geologik tuzilishi- ning vertikal tekislikdagi grafik tasviry. Bunday kesim tog’jinslari- ning yo’nalishiga ko’ndalang qilib, ay- Rim hollarda esa biror burchak ostida tuziladi. G. k. geologik xaritalarni to’ldiradi va uni aniqlashtiradi. Er yuzasida olib borilgan geologik kuza- tishlar, burg’ilashdan olingan ma’lumot- lar va turli geofizik usullarning nati- jalaridan g. k. tuzishda foydalaniladi. G. k.da tog’jinslarining o’zaro munosa- bati, yoshi, qatlamlarning qalinligi, fasiyalarning bir-biriga o’tishi tasvir- lanadi. G. k.ga joyning relefi va Geolo- gik tuzilishini ko’rsatuvchi geologik xa- Rita, topografik Profil va markshey- derlik planlari asos qilib olinadi. Muxandislik G. k. antropogen jinslar- ning qalin g’ilofi b-n qoplangan r-nlar uchun juda muhim. G. k. turli masshtabda: 1:1000000 (regional kesim)dan 1:1000— 1:50 (mufassal kesim)gacha bo’ladi. G. k.ning vertikal va gorizontal masshtabi bir xil bo’ladi. Muhandislik geol. sila, t. y. va suv omborlari kurishda ishlati-ladigan g. k.ning vertikal masshtabi go- rizontal masshtabga nisbatan 10 va hatto 100 baravar katta bo’lishi mumkin.