Geometrik yasashlar

Geometrik yasashlar – Geo- metrik figuralarni ma’lum asboblar yoki vositalar yordamida yasash haqidagi ta’limot. G.ya. masalasi asosan to’g’ri chi- ziqlar, ko’pburchaklar, aylanalar va b.ni yasashdan iborat. Bular asbob va vosita- lar (mas, chizg’ich, tsirkul, go’niya, bir to- monli chizg’ich va h.k.) yordamida bajari- ladi. G.ya., odatda, tekislikda va fazoda yasash usullariga bo’linadi. Tekislikda G.ya. b-n N. N. Lobachevskiy shug’ullangan. Fazoda G. ya. chizma geometriya usullari b-n bog’liq. Tekislikda ham, fazoda ham g. ya. ma’lum aksiomalarga, boshqacha aytganda, yasalishi jihatidan juda sodda bo’lgan elementar masalalarga keltiriladi. G.ya.ning asosiy usullari: nuqtalarning geometrik o’rnini topish, geometrik al- mashtirishlar, jumladan, gomotetiya usu- li, o’xshashlik usuli, algebraik usul.