YOVVOYI TUNLAM

YOVVOYI TUNLAM, janub tunlami [Euxoa conspicua Hp. (Oria musculosa Hb.)] — tunlamlar oilasiga mansub kapalak. Qanoti yoyilganda 25-38 millimetr. Oldingi qanotlari to’qkulrangdan jigarranggacha bo’lib, o’rtasidan och tusli yo’llar o’tadi, buyraksimon hamda dumaloq dog’lari bor. Keyingi qanotlari ochrangda. Tuxumi ochsariq. Kurtlari 30 millimetrcha, nim yashil tovlanuvchi tuproqrang, kulrang. Ustidan bo’ylama ikkita qoramtir yo’l o’tgan. G’umbagi qizg’ish jigarrang. Shakllangan qurti tuxum holida qishlaydi. Sutkalik o’rtacha harorat 6-8° bo’lganda qurtlari chiqa boshlaydi. Tuproqning 5-10 santimetr chuqurligida g’umbakka aylanadi. G’umbaklik davri 20-24 kun. Iyunda uchib chiqqan kapalaklari bir oy o’tgach (iyulda) yozgi diapauzanp kechiradi va o’rtacha harorat 18-20° bo’lganda harakatga kiradi. Urg’ochilari tuxumini to’p-to’p qilib (8-130 tagacha) oziqlanadigan usimligi yaqinidagi tuproqqa qo’yadi (hammasi bo’lib 100— 350 gacha). Yilda bitta avlod rivojlanadi. O’rta Osiyo, Qozog’iston va boshqa joylarda tarqalgan. G’o’za, bug’doy, javdar, arpa, makkajo’xori, beda, sudano’t, oq jo’xori va boshqa ekinlarga zarar keltiradi. Kurash choralari: boshokli begona o’tlarni yo’qotish; ang’izni chuqur qaydash, almashlab ekishda boshoqlilarni ketmaket ekmaslik; ekinlarga xlorofosning 80% li hokazo. (1,5—1,8 kilogramm/gektar) ni purkash yoki pestisidlar dustlarini changitish; zararlangan dalalarga trixogramma tarqatish.