GOVZABON, ho’kiz tili

GOVZABON, ho’kiz tili (Anchusa italica Retz.) — kampirchopondoshlar oi- lasiga mansub ko’p yillik begona o’t. Po- yasi sershox, tikanli, tik usadi, bo’yi 40-100 sm. Barglari qalin tuksimon tikanlar b-n qoplangan; ildiz yonida- gi barglari yirik, cho’ziq-ellipssimon, poyadagilari — bandsiz, nashtarsimon. Gullari havorang, yirik ro’vaksimon to’pgulga yig’ilgan. Mevasi — uch qirrali yong’oqcha. O’q ildizi yo’g’on, ser- shox. May—avg.da gullaydi va meva tu- gadi. Urug’idan ko’payadi. Qurg’oqchilikka chidamli. O’rta Osiyoda tarqalgan. G’o’za, beda, g’alla ekinlari orasida, shuning- dek, yo’l yoqalari tashlandiq erlar, bog’lar va ariq bo’ylarida o’sadi. Kurash choralari: ekinlarni o’toq qilish; g’alla ekinlari maydonlarini o’rimdan keyin 6-8 sm chuqurlikda yumshatish; shudgor qilish; gerbitsidlar purkash.