Golisin qatlami

Golisin qatlami – er man- tiyasi yuqori qismining quyi qatlami. Taxm. 400-900 km chuqurlikda joy- lashadi. 1916 y.da rus olimi B.B. Go- Lisin aniqlagan. Chet el adabiyotlari- da «20° chegara ajratuvchi» nomi qabul qilingan. Seysmik to’lqinlarning o’tish tezligi g.q.da tez ortib boradi. G.q.da chuqurlikka tomon jinslar zichligining tez oshib borishi ham taxmin qilinadi. Bu jinslarning qayishqoq siqilishi, minerallar kristall panjaralarning qayta tuzilishlari, molekulalarda atom- larning qayta taqsimlanishi va ehtimol chuqurlikka tomon tog’jinslarining ki- myoviy tarkibi o’zgarib borishiga qarab izohlanadi. G.q. atomlari nihoyatda zich joylashgan yangi minerallar (mas, sti- Shovit — zichligi 4,35 g/sm3) paydo bo’ladi.