Gollandlar

Gollandlar (o’zlarini xo- Landers deb atashadi) — xalq, ni- derlandiyaning asosiy aholisi (12,3 mln. kishi). Umumiy soni — 14 mln. dan ortiq kishi (1990-y.lar o’rtalari). Niderland tilida so’zlashadi. Din- dorlari asosan protestantlar (kal- vinistlar, mennonitlar), katoliklar. Hoz. Gollandiya hududida mil.AV. 1-ming yillikning 2-yarmida, asosan, keltlar yashagan. Mil. boshlarida bu erlarga Ger- man qabilalaridan frizlar va batavlar ko’chib kelgan. Rim imperiyasi bosqini davrida (mil.AV. 1-a.— mil. 4-a.) sakslar va franklar (3-4-a.lar) kelib frizlar va batavlar b-n aralashib ketganlar. Mana shu qabilalar negizida tarqoq VI- loyatlarning uyushuvi 14-15-a.larda gol- Land elatini shakllanishiga olib kel- gan, bu hudud esa Niderlandiya deb nom- lana boshlagan. Ispaniya hukmronligiga qarshi 16-a.da Niderlandiya olib borgan milliy ozodlik kurashi g.ning milliy jihatdan jipelashishiga katta ta’sir ko’rsatgan. G. millatining shakllanishi 18-a.ga kelib tugallangan. G.ning aksa- riyati shaharlarda sanoat, savdo, shuning- dek, xizmat ko’rsatish sohasida ishlay- dilar. Q. x.da, asosan, chorvachilik, gul- chilik, dengiz bo’ylarida baliqchilik b-n shug’ullanadilar. Bog’dorchilik va gulchi- lik soxasida g. jahonga mashhurdirlar.