Glaukonit

Glaukonit (Yun. glaukos — ko’kimtir-yashil) — mineral. Gidros- Lyuda guruhiga mansub temirning suvli alyumosilikata. Kimyoviy formulasi doimiy emas, murakkab. G.ni asosiy tarkibiy qismlari kremniy oksidi (49-56%), temir oksidi va chala oksi- Di (21% gacha), alyuminiy oksidi, kaliy oksidi (10% gacha), magniy oksidi (7% gacha) va suv (13% gacha) dan iborat. Mo- noklin singoniyali. Rangi to’q yashildan qoramtir yashilgacha. Mo’rt. Qattiqligi 2-3. Zichligi 2200-2800 kg/m3. Den- giz yotqiziqlaridan hosil bo’lgan jin- slarda hamda qo’m va qumtoshlarda mayda yumaloq, noto’g’ri kristallar shaklida uchraydi. Dengiz tubida gel holida cho’kib hosil bo’ladi. Mezokaynozoy cho’kindi jinslarida ko’p tarqalgan. O’zbekistonda Farg’ona vodiysida, G’arbiy Kozog’iston, RF (Volgabo’yi), Ukraina, Tojikiston Jan.dagi bo’r davri qumtoshlaridan ko’plab topilgan. Oziq-ovqat sanoatida oqartiruvchi modda. Q. x.da o’g’it sifa- tida ishlatiladi. Bundan tashqari yashil bo’yoq tayyorlashda qo’llaniladi.