GIROMAGNITHODISA

GIROMAGNITHODISA, magni- tomexanik hodisa — jism va modda- larning magnit xossali zarralari mag- nit va mexanik momentlarining o’zaro bog’liqligi natijasida sodir bo’ladigan hodisa. Harakat miqdori momenti (im- puls momenti)ga ega bo’lgan Qar qanday zarra (elektron, proton, neytron, yadro, atom) magnit momentita ega bo’ladi. Shu sababli, jiemni tashkil qiluvchi zarra- larning umumiy harakat miqdori momen- ti o’zgarishi b-n jiemning magnit mo- menti o’zgaradi (mexanikmagnit hodisa) va aksincha, jism magnitlanganda JIEM- ning mexanik momenti o’zgaradi (magnit- mexanik hodisa): mas, solenoiddan tok o’tkazilganda solenoid ichidagi temir o’zak buriladi (magnit-mexanik hodisa — Eynshteyn — de Xaaz effekti, 1915 y.) yoki, aksincha, temir o’zak aylantiril- ganda o’zak (solenoid ham) magnitlanadi (mexanikmagnit hodisa — Barnett EF- fekti, 1909 y.). G. h. modda atomining magnit momentini uning impuls mo- mentiga nisbati — giromagnit (magnit- mexanik) nisbatni aniqlashga va modda- ning xossalarini tushuntirib berishga imkon beradi.