YOVMUT

YOVMUT, yovmut — Turkman qabilalaridan biri. Yovmutlar 19—20 asrlarning boshida Xorazm, shimoliy va G’arbiy Turkmanistonda, Eronning Astrobod viloyatida yashagan. Ular bir kancha tira — bo’g’in (otli temir, qutli temir) larga, tiralar urug’larga bo’lingan. Urug’lardan eng yiriklari; qora chaqa, bayramshali, sharifjafarbayli, otabayli; kichiklari: Sallax, okuz, o’rsukchi, ushak, gujak va boshqalar. 19 asrning oxirlarida Rossiya bilan Eron o’rtasida chegara belgilanganda Yovmutlarning bir qismi Rossiya bosib olgan joylarda, bir qismi Eron hududida qolib ketdi. Eron hududida yashaydigan Yovmutlar orasida tiraurug’larga bo’linish saqlanib kelayotgan bo’lsa, Turkmanistonning (Toshhovuz viloyati) dagi Yovmutlar turkman xalqi tarkibiga singib ketdi. Ad.: Karpov G. I., Plemennoy i rodovoy sostav turkmen, Ashxabad, 1925; D i Kiev A., Ocherki proisxojdeniya i formirovaniya turkmenskogo naroda v epoxu Srednevekovya, Ashgabad, 1991.