YOZYOVON
YOZYOVON — Farg’ona viloyatidagi shaharcha (1974 yildan). Yozyovon tumani markazi. Yozyovon nomi yozi yovon, ya’ni yozgi cho’l, tekislik ma’nosini bildiradi. Yozyovon Farg’ona shahridan 30 kilometr, yaqin temir yo’l stansiyasi — Marg’ilon (22 kilometr). Aholisi 10,9 ming kishi (2000); umumiy ta’lim maktablari, 1 kollej, 2 litsey, 3 kutubxona, 2 kasalxona, 3 tibbiy punkt, aloqa bo’limi, muzey, bozor, maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, kichik va xususiy korxonalar bor. Qo’qon, Farg’ona, Namangan shaharlarini birlashtiruvchi avtomobil yo’llari o’tgan.