Gil, soz loy
Gil, soz loy —cho’kindi tog’jin- si; 0,01 mm dan kichik subkolloid va kolloid zarrachalardan tashkil topadi. Shuning uchun g. yuqori gigroskopiklik xususiyati va nam sig’imiga, ko’p bo’kish, katta yopishqoqlik, qovushqoqlik xususi- yatlariga ega. Suvda tez bo’kib, qovushqoq massa hosil qiladi, quriganda esa na- mligidagi shaklni saqlab qoladi. G. har xil tog’jinslarining nurashidan hosil bo’lgan mahsulotlarning dengiz hamda ko’l havzalari ostida yotqiziqlar hosil qilishi natijasida paydo bo’ladi; kat- ta chuqurlikdagi qatlamlarda u haddan tashqari qattiq berch g.li jinslar- ga aylanadi. Mineralogik tarkibi- ga ko’ra g. kaolinit, montmorillonit, galluozit va b. minerallardan iborat. O’zbekistonning sug’orma dehqonchilik hududlarida tarqalgan tuproqlar tar- kibidagi kaolinit, montmorillonite ko’proq o’rganilgan. Bunday mineralli G. tuproqda yaxshi suv va ozuqa rejimini vujudga keltiradi hamda uni donador qiladi. Shuning uchun qumli va tosh- li tuproqlar unumdorligini oshirish maqsadida ularga tarkibida ko’p orga- nik modda tutuvchi g.li minerallar (mas, bentonit) solinadi.