GIDROIZOLYASIYA MATERIALLARI

GIDROIZOLYASIYA MATERIALLARI — qurilish konstruktsiyalari va inshootlarini, binoni, suv va kimyoviy agressiv suyuqliklar (k-ta, ishqor va b.)ning zararli ta’sirlaridan himoya qilinadigan materiallar. Vazifasiga kura, g.m.ning filtralanishga qarshi, korroziyaga qarshi va germetiklaydigan xillarga; asosiy materialining turiga ko’ra bitumli, plastmassali, mineral, metall va b. xillari bor. Bitumli G.m. eritkichlarda suyuqlantirilgan bitum- lar (bitum loklari va emallari)dan yoki suvda eriydigan bitumlar (bitumli emulsiyalar, pastalar)dan foydalanila- Di va bevosita himoya qilinadigan Mate- riallarga surkaladi. Keyingi vaqtlarda elastikligi yuqori va yorilmaydigan bitumli-polimer g.m. keng ishlatiladi. Plastmassali G.m. epoksid, poliefir, polivinil va b. lak-bo’yoqlar, polimer eritmalar va betonlar, polietilen, po- livinilxlorid pardalar, kauchukli germetiklar, rezina lentalar, shisha- plastlar tarzida ishlab chiqariladi va ular himoya qilinadigan materiallar- ga surkaladi, suvaladi, elimlanadi va qoplanadi. Mineral G.m. tsement, loy va b. qovushoq minerallar asosida tayyorla- nib, tsement va silikat bo’yoqlar, gidro- FOB to’kmalar, loy-beton tuldirgichlar tarzida ishlab chiqariladi. Ular himoya qilinadigan materiallarni bo’yashda, suvashda filtrlanishga qarshi tuldir- gichlar sifatida ishlatiladi. Metall G.m. jez, mis, qurg’oshin, pulat listlar tarzida i.ch., himoya qilinadigan materi- allar uraladi. Hozirda metall g.m.ning urnini plastmassali, shishaplastikali G.m.lar olmoqda.