5 aprel kun tarixi

Bugun 5-aprel 2024-yil, juma.

? BAYRAMLAR:

☪️ Islom olamida Qadr kechasi
?? Xalqaro vijdon kuni.
? Xalqaro sho‘rva kuni.
? Birinchi aloqa kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Falastin – Bolalar kuni.
?? Eron – Quddus kuni.
?? Filippin – Pangasinan kuni.
?? Hindiston – Jagjivan Ramning tug’ilgan kuni.
?? Janubiy Koreya – Daraxt ekish kuni.
?? Tojikiston – Jazo tizimi xodimlari kuni.
?? Hindiston – Milliy dengiz kuni.
?? Gong Kong, ?? Makao, ?? Xitoy, ??Tayvan – Qingming festivali.

? VOQEALAR:

Mil avv 56  – Lukada Rim triumvirlari Sezar, Krass va Pompey hokimiyatni o’zaro bo’lib olishdi (Birinchi Rim Triumvirati).

  • 823 – Rimda Papa Pasxaliy I Lotar I ni Italiya qiroli etib toj kiydirdi.
  • 1242 – Chud koʻlidagi jang.
  • 1340 – Arab floti Gibraltar bo’g’ozida ispan eskadronini mag’lub etdi.
  • 1453 – Sulton Mahmud II Konstantinopol qamalini boshladi.
  • 1705 – Pyotr I ning buyrug‘iga ko‘ra, Rossiya imperiyasida muntazam armiyani shakllantirishga kirishilgan.
  • 1722 – Yakob Roggeven Pasxa orolini kashf qildi.
  • 1792 – Jorj Vashington AQSh tarixidagi birinchi prezidentlik vetosidan foydalandi.
  • 1795 – Bazelda Fransiya va Prussiya tinchlik shartnomasini imzolashdi.
  • 1815 – Tambora vulqoni otildi.
  • 1868 – Angliyada stepler patentlangan.
  • 1896 – Afinada birinchi zamonaviy olimpiada o‘yinlari boshlandi.
  • 1918 – Rossiyada harbiy aloqa xizmati tashkil etilgan.
  • 1955 – Uinston Cherchil Birlashgan Qirollik Bosh vaziri lavozimidan isteʼfo berdi.
  • 1966 – Ingliz Boeing 707 samolyoti Fudzi (Yaponiya) tog‘ida qulab tushdi. 124 kishi halok bo‘ldi.
  • 1976 – Tarixda birinchi marta AQSh valyutasiga nisbatan funt sterling 2 dollardan pastga tushdi.
  • 1977 – VAZ-2121 “Niva” avtomobili ilk bor ishlab chiqarildi.
  • 1980 – SSSR va Afg‘oniston sovet qo‘shinlari kontengenti Afg‘onistonda bo‘lib turishi haqida shartnoma imzolashdi.
  • 1993 – “Lukoyl” neft kompaniyasi tashkil qilindi.
  • 1998 – dunyodagi eng uzun osma koʻprik qurib bitkazildi.
  • 2004 – Iroqda Falluja uchun birinchi jang boshlandi.
  • 2005 – Asqar Akayev Qirg‘iziston prezidenti vakolatlarini zimmazisidan soqit qildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1588 – Tomas Gobbs (1679) – ingliz faylasufi va matematigi.
  • 1622 – Vinchenso Viviani (1703) – italiyalik matematik va fizik, Galelio Galeliyning shogirdi.
  • 1656 – Nikita Demidov (1725) – rus sanoatchisi, Ural tog‘ sanoatchilar sulolasi asoschisi.
  • 1827 – Josef Lister (1912) – ingliz xirurgi,  xirurgiya amaliyotiga antiseptika usulini joriy qilgan (1867).
  • 1869 – Sergey Chapligin (1942) – mexanika sohasidagi rus olimi, gidrodinamika asoschilaridan biri.
  • 1908 – Gerbert fon Karayan (1989) – avstriyalik dirijyor.
  • 1908 – Bette Davis (1989) — amerikalik kinoaktrisa.
  • 1935 – Alimov Ibrohim – tarixchi, arxivshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1982).
  • 1942 – Habib Sa’dulla – O’zbekiston xalq shoiri (1999).
  • 1946 – Abdumajid Madraimov – tarix fanlari doktori, professor, manbashunos, sanʼatshunos, tarjimon, sanʼtshunoslik fanlari nomzodi.
  • 1953 – Pirs Brendan Brosnan – kelib chiqishi irlandiyalik boʻlgan amerikalik aktyor va prodyusser.
  • 1955 – Berdiyev Qobul – Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Mudоfаа vаziri (2008-2017).
  • 1978 – Abdullaev Rixsilla – o‘zbek aktyori.
  • 1982 – Heyli Elizabet Etvill – AQSh va Buyuk Britaniya fuqaroligidagi ingliz aktrisasi.
  • 1989 – Lili Jeyms – Ingliz aktrisasi.
  • 1995 – Doston Yoqubov – oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi, 2021-yilgi jahon chempioni, 2018-yilgi yozgi Osiyo oʻyinlari kumush medali sovrindori.