1 may kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro ishchilar kuni (Mehnat kuni).
? Butunjahon sevgi kuni.
? Pochta markasi tug‘ilgan kun.
?? Yevropa – May bayrami.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? O‘zbekiston – Favvoralar kuni.
?? Hindiston – Maxarashtra kuni / Gujarat kuni
?? AQSh – Huquq kuni.
?? AQSh – Sadoqat kuni.
?? Kanada – Milliy shifokorlar kuni.
?? Kanada, ?? AQSh – Maktab direktorlari kuni.
?? Yamayka – Oʻqituvchilar kuni.
?? Marshall orollari – Konstitutsiya kuni.
?? Latviya – Konstitutsiyaviy Assambleya chaqirilgan kun.
?? Qozog‘iston – Qozog’iston xalqining birligi kuni.
?? Argentina – Konstitutsiya kuni.

? VOQEALAR:

  • 305 – Qadimgi Rim hukmdorlari Diokletian va Maksimian hokimiyatdan voz kechishdi.
  • 1006 – Superyangi yulduz SN 1006 chaqnadi.
  • 1328 – Angliya Shotlandiyaning mustaqilligini tan oldi.
  • 1455 – Arkingolm jangi.
  • 1682 – Lyudovik XIV Parij rasadxonasini tantanali ravishda ochdi.
  • 1699 – Missisipi daryosi bo’yida Fransuz Luizianasi tashkil topdi.
    -1707 – Angliya va Shotlandiya o’rtasida kelishuiv uniyasi imzolandi.
  • 1840 – Angliyada dunyoda ilk bor pochta markalari paydo bo‘ldi.
  • 1884 – Chikagoda birinchi osmono‘par bino – 10 qavatli uy qurilishi boshlandi.
  • 1885 – Ottava shahrida birinchi elektr chiroqlari yondi.
  • 1886 – AQShda ish tashlash bo’lib o’tdi, natijada 3 kishi halok bo’ldi va 4 nafar AQSh ishchi sinfi vakili qatl etildi.
  • 1886 – Birma Britaniya Hindistoni tarkibiga kiritildi.
  • 1890 – Yevropa davlatlarida ilk marta 1-may bayram sifatida nishonlandi.
  • 1899 – Aspirin birinchi marta sotuvga chiqdi.
  • 1912 – Kanada dollari ilk bor muomalaga chiqdi.
  • 1917 – Rossiyada 1-May bayrami oshkora nishonlandi.
  • 1918 – Uchuvchi I. N. Vinogradov boshqargan birinchi Sovet Nieuport-XXI samolyoti Qizil maydon ustidan uchib o’tdi.
  • 1919 – Bavariya Sovet Respublikasining qulashi.
  • 1925 – Kipr Britaniya mustamlakasi deb e’lon qilindi. Bu orolning inglizlar hukmronligi ostiga birinchi marta tushishi emas edi: 1191-yilda uni Richard Sheryurak bosib olgan edi.
  • 1930 – 18-fevralda kashf etilgan Quyosh tizimining to‘qqizinchi sayyorasining nomi – Pluton e’lon qilindi.
  • 1930 – Farg‘ona davlat universiteti tashkil topdi.
  • 1933 – Britaniya va Hindiston o‘rtasida telefon aloqasi o‘rnatildi.
  • 1941 – AQShda Orson Uellsning «Citizen Kane» filmi premyerasi bo’ldi.
  • 1945 – Berlindagi Reyxstag binosiga g’alaba bayrog’i o’rnatildi.
  • 1948 – KXDR tashkil topganligi e’lon qilindi.
  • 1959 – Chirchiq shahar o‘lkashunoslik (Mahalliy tarix) muzeyi tashkil topdi.
  • 1963 – BMT ning Muvaqqat ma’muriyati nazorati ostida bo’lgan Gollandiyaning sobiq G’arbiy Irian mustamlakasi Indoneziyaga o’tkazildi.
  • 1974 – Portugaliyada siyosiy mahbuslar ozod qilindi va ommaviy axborot vositalari senzurasi bekor qilindi.
  • 1978 – Buyuk Britaniyada birinchi marta 1-may davlat miqyosida nishonlandi.
  • 1979 – Grenlandiya o’zini o’zi boshqarish huquqiga ega bo’ldi.
  • 1992 – IRA Klochodjedagi nazorat punktiga hujum qildi.
  • 1993 – Shri-Lanka prezidenti Ranasingxe Premadasa Kolomboda sodir etilgan terroristik hujumda o‘ldirildi.
  • 1998 – “Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni taʼsis etildi.
  • 1995 – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik kengashi tashkil qilindi.
  • 2004 – Vengriya, Kipr, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Chexiya va Estoniya Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar qatoriga kiritildi.
  • 2019 – Naruxito Yaponiya taxtiga o’tirdi.
  • 2020 – Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshqini sodir bo‘ldi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1764 – Benjamin Latrob (1820) – ingliz-amerika arxitektori, Vashington Kapitoliysining asosiy dizayneri.
  • 1672 – Jozef Addison (1719) – ingliz publitsisti, dramaturg, shoir, siyosatchi, pedagog, ingliz jurnalistikasining asoschisi.
  • 1852 – Santyago Ramon i Kajal (1934) – ispaniyalik gistolog, Nobel mukofoti sohibi (1906).
  • 1881 – Teyar de Sharden (1955) –  Fransuz antropologi, paleontolog va faylasufi,  sinantropni birinchi bor ochgan olim.
  • 1896 – Muhitdin Qoriyoqubov (1957) – ashulachi, opera xonandasi (bariton), aktyor, oʻzbek musiqali teatri asoschilaridan.
  • 1904 – Gʻaniyev Nabi (1953) – kinorejissyor, oʻzbek kinosining asoschilaridan, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). 
  • 1905 – Akrom Yusupov – O‘zbekiston xalq artisti, sirk artisti.
  • 1907 – Sofya Yevseyevna Karakash (Shvidler) (1983) -pianinochi-konsertmeyster, Oʻzbekiston xalq artista (1972).
  • 1908 – Yahyo Gʻulomov (1977) – tarixchi arxeolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1958).
  • 1913 – Mannon Azizov (1987) – kimyogar olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964). 
  • 1913 – Florian Bobich (1942) – Yugoslaviya siyosatchisi, Yugoslaviya Xalq Qahramoni.
  • 1916 – Malik Nabiyev (2008) – rassom, pedagog, Oʻzbekiston xalq rassomi (1992).
  • 1920 – Mayya Quliyeva (2018) – turkman xonandasi (lirik soprano), Xalq artisti (1955). 
  • 1924 – Ergash Yoʻldoshev (1991) – xonanda (dramatik tenor), Oʻzbekiston xalq artisti (1974).
  • 1925 – Ahmadjon Odilov (2017) – nufuzli oʻzbek ishbilarmoni va siyosat arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1965).
  • 1926 – Piter Devid Laks – vengriyalik va amerikalik matematik. Sof va amaliy matematika sohalarida faoliyat yuritib keladi. 
  • 1933 – Ortiq Fayzullayev – yogʻoch va suyak oʻymakori, Oʻzbekiston xalq rassomi (1997). 
  • 1936 – Dilbar Abdurahmonova (2018) – dirijyor, O‘zbekiston xalq artisti (1969).
  • 1942 – Elyor Ishmuxamedov – kinorejissor va senariychi, O‘zbekiston SSR Xalq artisti.
  • 1942 – Nasiba Ibragimova – oliy toifali diktor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist (1976).
  • 1952 – Neʼmatov Ilhomjon – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.
  • 1956 – Abduqahhor Toʻxtayev – oʻzbek davlat arbobi, Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari, Qurilish vaziri, Jizzax, Toshkent shaharlarida va Shayxontohur, Olmazor tumanlarida hokim lavozimlarida ishlagan. 2019-yildan Shayxontohur tumani hokimi.
  • 1957 – Laylo Axmerova – chim ustida xokkeychi, xalqaro klassdagi sport ustasi, olimpiya oʻyinlari sovrivdori. 
  • 1958 – Patrice Guillaume Athanase Talon – Beninlik tadbirkor va siyosatchi, 2016-yildan mamlakat Prezidenti.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1967 – Iqbol Mirzo – O‘zbekiston xalq shoiri.
  • 1968 – Oliver Birxoff – nemis futbolchisi, Yevropa chempioni.
  • 1971 – Amira Kazar – fransuz teatr va kino aktrisasi.
  • 1974 – Dilshod Yorbekov – o‘zbek bokschisi, Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori.
  • 1983 – Alen Bernard – fransuz suzuvchisi, ikki karra Olimpiya chempioni.
  • 1987 – Leonardo Bonuchchi – italiyalik futbolchi, Yevropa chempioni (2020)
  • 1992 – Madlen Bryuer – amerikalik aktrisa.