13 may kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro Gumus kuni.
? Butunjahon kokteyl kuni.

? MILLIY BAYYRAMLAR:

?? Rossiya – Qora dengiz floti kuni.
?? Tuvalu – Xushxabar kuni.
?? Samoa, ?? Tokelau – Onalar kuni.
?? Fiji – Girmit kuni.
?? Fiji – Rotuma kuni
?? Kambodja – Qirol Norodom Shiamoni tug’ilgan kuni.
?? AQSh – Milliy olma pirogi kuni.

? VOQEALAR:

  • 1501 – Amerigo Vespuchchi boshchiligidagi ekspeditsiyaning G‘arbga sayohati boshlandi.
  • 1568 – Langsayd jangi bo’lib o‘tdi.
  • 1696 – Sin imperiyasi qo’shinlari Terelj jangida Galdan-Boshogtuni mag’lubiyatga uchratishdi.
  • 1754 – Yelizaveta Petrovnaning farmoni bilan Rossiyada birinchi davlat banki ta’sis etildi. 
  • 1830 – Ekvador Buyuk Kolumbiya tarkibidan chiqdi va o’zini Respublika deb e’lon qildi.
  • 1846 – AQSh Meksikaga rasmiy ravishda urush e’lon qildi.
  • 1888 – Braziliyada qullikning bekor qilinishi.
  • 1895 – Chili futbol federatsiyasi tashkil topdi.
  • 1927 – Kiyevda «Dinamo Kiyev» futbol klubi tuzildi.
  • 1927 – Germaniyada moliyaviy-iqtisodiy bozorning Inqirozi yuz berdi («Qora juma»).
  • 1930 – so’nggi xaltali bo’ri o’ldirildi.
    -1950 – Angliyada «Formula-1» chempionati bo’lib o’tdi.
  • 1981 – Rim papasi Ioann Pavel IIga suiqasd qilindi.
  • 1991 -“Apple”  korporatsiyasi “Macintosh System 7”ni sotuvga chiqardi. 
  • 1993 – Toshkentda “Bozor iqtisodiyotining rivojlanish tamoyillari” mavzuidi birinchi Xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.
  • 1995 – Chirchiq shahrida shaharning 60 yillik yubiley tantanalari bo‘lib o‘tdi. 
  • 2003 – Atoqli o‘zbek yozuvchisi G‘afur G‘ulomning 100 yillik yubileyi keng nishonlandi va Toshkent shahrida shoir haykalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 
  • 2005 – Andijonda yuz bergan qonli voqealar oqibatida 187 odam halok bo’ldi.
  • 2014 – Somadagi konda portlash. 282 kishi vafot etgan.

? TAVALLUDLAR:

  • 1221 – Aleksandr Nevskiy (1263) – Novgorod knyazi, Vladimir va Kiyev buyuk knyazi, rus sarkardasi.
  • 1750 – Lorenso Maskeroni (1800) – italyan matematigi va shoiri.
    1767 – Jua VI (1826 ) – Portugaliya, Braziliya va Algarve Birlashgan Qirolligi qiroli (1816-1826).
  • 1840 – Alfons Dode (1897) – fransuz yozuvchisi.
  • 1857 – Ronald Ross (1932) – britaniyalik bakterolog, Nobel mukofoti sohibi (1902).
  • 1882 – Jorj Brak (1963) – fransuz rassomi, kubizmning yirik vakili.
  • 1891 – Ser Frank Byorpeyr (1956) – avstraliyalik suzuvchi va siyosatchi, 6 karra Olimpiada sovrindori, Melburn meri.
  • 1893 – Genri Myurrey (1988) – amerikalik psixolog-olim.
  • 1938 – Masharip Quvaqov (2002) – qishloq xoʻjaligi novatori, Oʻzbekiston Qahramoni (1997).
  • 1942 – Vladimir Jonibekov – sovet uchuvchi kosmonavti, ikki marta Sovet Ittifoqi qahramoni.
  • 1950 – Stevland Hardavey Morris – amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va musiqachi.
  • 1972 – Stefan Aarstol – amerikalik internet tadbirkori.
  • 1984 – Qobuljon Axmedov — oʻzbek mediamenedjeri. Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi (sobiq Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi) direktorining Davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi (2020-yildan).
  • 1986 – Robert Duglas Tomas Pattinson – Ingliz kino yulduzi, model, va musiqachi. 
  • 1986 – Aleksandr Riybak – norvegiyalik qo‘shiqchi, Yevrovideniyaning 2009-yilgi mutloq g‘olibi.
  • 1993 – Romelu Lukaku – Belgiya terma jamoasi hujumchisi.
  • 1993 – Debbi Rayan – amerikalik aktrisa va qo’shiqchi.