20 dekabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? Xalqaro inson birdamligi kuni.
? Xalqaro ajinli(dazmollanmagan) ko’ylak kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Myanma – Bo Aung Kyaw kuni.
?? Panama – Motam kuni.
?? Qozogʻiston – Davlat kuryerlik xizmati kuni.
?? Rossiya, ?? Armaniston, ?? Belarus, ?? Qirg‘iziston – Xavfsizlik xizmati xodimlari kuni.
?? Reyunon – Qullik bekor qilingan kun.
?? Makao – Makao maxsus ma’muriy hududi tashkil etilgan kun.

? VOQEALAR:

  • 1398 – Amir Temurning Hindistonga yurishi chog‘ida egallangan Dehli sultonligining poytaxti Dehli shahridagi jome‘ masjidida Sohibqiron nomi xutbaga qo‘shib o‘qildi.
  • 1408 – Xon Edigey Moskvadan chekindi, Rusga so‘nggi yirik bosqinning tugashi.
  • 1522 – Usmonlilar Rodos qal’asini egallashdi.
  • 1658 – Valyesar shartnomasi.
  • 1699 – Pyotr I o’zining farmoni bilan Yangi yilni nishonlashni 1 sentyabrdan 1 yanvarga ko‘chirish haqida farmon chiqardi.
  • 1792 – AQSh va Kanada o‘rtasida pochta xizmati yo‘lga qo‘yildi.
  • 1828 – Kanada Rossiya bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi.
  • 1879 – Tomas Edison cho‘g‘lanma lampa ishlashini namoyish qildi.
  • 1880 – Bronxorstspruitdagi otishma, birinchi Bur urushining dastlabki to’qnashuvlaridan biri.
  • 1892 – Muhandislar Aleksandr Braun va Jorj Stillmanning pnevmatik avtomobil shinasi ixtirosiga patent berildi.
    @Kun_tarixi_TV24
  • 1917 – Butunrossiya sabotaj va kontrrevolyutsiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasi (ВЧК) tashkil topdi.
  • 1938 – SSSRda mehnat daftarchasi joriy qilindi.
  • 1958 – Moskvada Feliks Dzerjinskiy haykali ochildi.
  • 1974 – Efiopiya sotsialistik davlat deb e’lon qilindi.
  • 1987 – Filippinda „Donya Pas“ paromi halokatga uchradi, 4375 kishi halok boʻldi.
  • 1989 – AQCh qo‘shinlari Panamaga bostirib kirishdi.
  • 1991 – Pokiston Islom Respublikasi va Ruminiya Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi.
  • 1996 – Tokioda O‘zbekiston elchixonasining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
  • 1996 – NeXT kompaniyasi Apple Computer bilan birlashdi, Mac OS X ni ishlab chiqish boshlandi.
  • 1999 – Portugaliya Makao orolini Xitoyga topshirdi.
  • 2000 – Tibbiy maqsadlar uchun klonlashtirish Buyuk Britaniya parlamenti tomonidan tasdiqlandi.
  • 2019 – AQShda Tramp tashabbusi bilan Pentagon koshmik qo‘shinlarni faollashtirdi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1629 – Piter De Xox (1685) – golland rassomi, portretchi.
  • 1841 – Ferdinand Byuisson (1932) – fransuz tinchlikparvari, Inson huquqlari Ligasi asoschisi, Nobel mukofoti sohibi (1927).
  • 1873 – Mehmet Akif Ersoy (1936) – turk yozuvchisi va shoiri, Turkiya madhiyasi matni muallifi.
  • 1891 – Mariya Skobsova (1945) – rus shoirasi, yozuvchi, jamoat arbobi, rohiba.
  • 1892 – Ivan Panfilov (1941) – Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, gvardiya general-mayori, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1942).
    Kun tarixi kanalidan olindi.
  • 1896 – Rahim Pirmuhamedov 1972) – aktyor, O‘zbekiston xalq artisti (1948), SSSR xalq artisti 1967).
  • 1898 – Aleksey Balandin   (1967) – Rossiyada kataliz sohasidagi maktab asoschisi.
  • 1917 – David Jozef Bom   (1992) – iqtidorli fizik.
  • 1922 – Dovidova Berta (2007) – xonanda, maqom yo’llari mohir ijrochisi, Ozbekiston xalq artisti (1964).
  • 1927 – Abduraim Ahmadiy – uygʻur xonandasi, Oʻzbekiston xalq artisti (1989). 
  • 1947 – Yerniyazov Musa (2020) – sovet, keyin Oʻzbek davlat va siyosat arbobi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi (parlamenti) raisi (2002-2020).
  • 1949 – Muhammad Solih – oʻzbek siyosiy muxolifat lideri va yozuvchisi, siyosatchi, jurnalist, shoir.
  • 1963 – Yelena – ispan malikasi, qirol Xuan Karlos I ning katta qizi.
  • 1973 – Vasiliy Slipak (2016) – ukrain opera qo‘shiqchisi, Parij milliy operasining solisti.
  • 1998 – Kilian Mbappe – fransuz futbolchisi, jahon chempioni (2018).