22 dekabr kun tarixi

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? O‘zbekiston – Energetiklar kuni.
?? Indoneziya – Onalar kuni.
?? Hindiston – Milliy Matematika kuni.
?? Vyetnam – Xalq armiyasi kuni.
?? Kuba – O‘qituvchilar kuni.
?? AQSh – Anna va Samanta kuni.
?? Ukraina – Diplomatik xizmat xodimlari kuni.
?? Tojikiston, ?? Armaniston, ?? Belarus, ?? Qirg‘iziston, ?? Rossiya, ?? Ukraina – Energetika sanoati kuni.
?? Zimbabve – Birlik kuni.

? VOQEALAR:

  • 1317 – Bortena jangi.
  • 1603 – Ahmad I Usmonlilar imperiyasining yangi hukmdori bo‘ldi.
  • 1790 – Rus qo‘shinlari Izmail qal’asini egallashdi.
  • 1807 – AQSH Kongressi boshqa davlatlar bilan savdo aloqalarini taqiqladi.
  • 1808 – Venadagi teatrda Betxovenning beshinchi simfoniyasi qoʻyildi.
  • 1847 – Abdul Qodir Fransiyaga taslim boʻldi.
  • 1857 – Rossiyada birinchi pochta markasi chiqarildi.
  • 1894 – Dreyfus ishi boshlandi.
  • 1910 – Buxoro amiri Abdul Ahadxon buyrak kasalligi tufayli vafot etdi.
  • 1919 – Sovet Rossiyasiga AQSHdan 249 kishi surgun qilindi.
  • 1920 – Moskvada Sovetlarning 8-Umumrossiya qurultoyining ochilishi (29 dekabrgacha). GOELRO rejasini tasdiqlandi.
  • 1944 – Yaponiyaning Vetnamni bosib olishiga qarshilik ko‘rsatish uchun Vetnam xalq armiyasi tuzildi.
  • 1973 – Tanjer (Marokash) yaqinida SE-210 halokati. 106 kishi vafot etgan.
  • 1976 – Il-86 samolyotining sinov parvozi bo‘lib o‘tdi.
  • 1978 – Andrey Chikatilo birinchi qotilligini sodir etdi.
  • 1989 – Germaniya birlashuvi sifatida 28 yildan so‘ng Berlindagi Bradenburg darvozasi yana ochildi.
  • 2009 – Serbiya Yevropa Ittifoqiga kirish uchun ariza berdi.
  • 2015 – AQSh 1959-yilda SSSR, Sharqiy blok mamlakatlari va Xitoyga qarshi AQShning yirik yadroviy zarbasi uchun mo’ljallangan nishonlarning maxfiylashtirilgan ro’yxatini e’lon qildi.
  • 2017 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi e’lon qilindi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1702 – Jan Etyen Liotar (1789) –  Mashhur shveytsar rassomi.
  • 1723 – Karl Fridrix Abel (1787) – nemis bastakori va musiqachisi, viola da gamba chalishning virtuozi.
  • 1765 – Iogann Fridrix Pfaff (1825) – nemis matematigi.
  • 1856 – Frenk Billings Kellog (1937) – AQShning 45-davlat kotibi, Nobel mukofoti sohibi (1929).
  • 1858 – Jakomo Puchchini (1924) – kompozitor, italyan mumtoz operasining so’ngi vakili.
  • 1887 – Srinivas Ramanudjan Ayengor (1920) – hind matematigi.
  • 1890 – Ahmad Zaki Validiy (1970) – boshqird milliy-ozodlik harakatining rahbari, turkshunos, falsafa doktori.
  • 1903 – Xolden Keffer Xartlayn – (1983) – amerikalik fiziolog va biofizik, Nobel mukofoti laureati (1967).
  • 1908 – Rustam Abdushukurov (1981) – faylasuf olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan .arbobi
  • 1911 – Grout Reber (2002) – amerikalik havakor astronom, radioastronomiya asoschilaridan biri.
  • 1948 – Nikolaye Timofti – moldovan siyosatchisi, Moldova prezidenti (2012-2016).
  • 1954 – Majidxon Saidov – san’atkor.
  • 1963 – Mirza Azizov (2021) – sovet va oʻzbek aktyori va rejissyori, Oʻzbekiston xalq artisti.
  • 1972 – Vanessa Paradi – fransuz aktrisasi, qo‘shiqchi, model
  • 1987 – Ozoda Abdullayeva – xonanda.
  • 1993 – Megan Elizabet Traynor – amerikalik qo’shiqchi, qo’shiqlar muallifi va produser.