3 iyul kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro plastik xaltachalardan voz kechish kuni.
? Pinhona do‘stlik kuni.
? Xalqaro tosh otish kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh, Virjiniya orollari – Qullik bekor qilingan kun (1848).
?? Argentina – Diktorlar kuni.
?? Argentina – Bioimuhandislar kuni.
?? Belarus – Mustaqillik kuni (1944).
?? Gayana – Karib hamjamiyati kuni.
?? Hindiston – Guru Purnima kuni.
?? Janubiy Sudan – Onalar kuni.
?? Kayman orollari – Konstitutsiya kuni.
?? Kuba – Olovlar festivali.
?? Myanma – Xotin-qizlar kuni.
?? Rossiya, Oltoy Respublikasi, Xakasiya Respublikasi – Respublika tashkil topgan kun (1991).
?? Rossiya – GAI xodimlari kuni (Yo‘l harakati politsiyasi kuni).
?? Tailand – Dharma kuni, Asalha Puja.
?? Ukraina – Zenit-raketa qo‘shinlari kuni.
?? Zambiya – Qahramonlar kuni.

? VOQEALAR:

  • 324 – Adrianopol yaqinida Rim imperatorlari Konstantin va Litsiniyning qo’shinlari o’rtasidagi jang.
  • 987 – Noyon soborida Xugo Kapet Fransiya qiroli tojini kiydi. Karolinglar sulolasi davri tugadi.
  • 1017 – Mahmud G‘aznaviy qo‘shini Xorazmni bosib oldi.
  • 1200 – Xorazmshoh Takash Xurosonning Shahriston degan joyida vafot etdi.
  • 1608 – Shamplen Kvebek  shahriga asos soldi.
  • 1773 – Kainardja qishlog’i yaqinida rus-turk urushidagi janglardan biri bo’lib o’tdi.
  • 1849 – Fransiya qo’shinlari Rimni egallashib, Rim respublikasini tugatdilar.
  • 1866 – Sadovadagi jang.
  • 1880 – Yevropaning etakchi mamlakatlari va AQSh Marokash mustaqilligini tan oluvchi Marokko konvensiyasini imzoladilar.
  • 1890 – Aydaxo AQShning 43-shtatiga aylandi.
  • 1897 – Moskva badiiy teatri tashkil topdi.
  • 1915 – Turkiyada birinchi qog’oz pul muomalaga chiqarildi.
  • 1918 – Toshkentning “eski” shahar qismida terapevtik yo‘nalishdagi umumiy kasalxona ochildi.
  • 1927 – Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy tumani tashkil etilgan.
  • 1927 – Tomdi tumani tumani tashkil etilgan.
  • 1928 – Birinchi televizorlar sotuvga chiqdi. Ular 75 dollar turardi.
  • 1936 – Rossiya davlat avtomobil inspeksiyasi tashkil topdi.
  • 1941 – Sovet xalqiga Stalinning radiomurojaati.
  • 1960 – AQSh Kongressi Kuba shakarini olib kirishga taqiq qo’ydi.
  • 1962 – Fransiya Jazoir mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1964 – AQSHda irqiy ayirmachilikni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi.
  • 1988 – Eron-Iroq urushi: Fors koʻrfazida Vinsennes kemasi  Eron yoʻlovchi samolyotini urib tushirdi.
  • 1992 – Prezident Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi. 
  • 1996 – Boris Yeltsin  Rossiyada boʻlgan prezident saylovlarining 2-turida g’alaba qozondi.
  • 2006 – 2004 XP14 asteroidi Yer yuzasidan 432308 kilometr uzoqlikda uchib o‘tdi.
  • 2018 – Daniya olimlari ilk bor sun’iy odam tuxumdonini yaratdilar

? TAVALLUDLAR:

  • 1423 – Lyudovik XI (1483) – Fransiya qiroli (1461-1483), Valualar sulolasidan.
  • 1875 – Ferdinand Zauyerbrux (1951) – nemis jarrohi, ko’krak jarrohligining asoschilaridan biri.
  • 1881 – Natalya Goncharova (1962) – rus avangard rassomi, grafika va teatr rassomi.
  • 1883 – Frans Kafka 1924) – chex faylasufi, nemis tilida yozuvchi adib.
  • 1897 – Jessi Duglas (1965) – amerikalik matematik.
  • 1931 – Toymas Yoʻldoshboyev – fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1994), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1991).
  • 1945 – Saharon Shelah – isroillik matematik.
  • 1946 – Bolo Yen – xitoylik kino aktyor, kulturist, jang san’ati ustasi.
  • 1962 – Tom Kruz – amerikalik kino aktyori, rejissyor, prodyuser, «Oltin globus» mukofotining uch karra sohibi.
  • 1964 – Peyton Tucker Reed – amerikalik rejissyor.
  • 1978 – Lola Islomovna Karimova-Tillayeva – Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning ikkinchi qizi.
  • 1980 – Liza Oliviya Mann – amerikalik aktrisa va sobiq teleboshlovchi.
  • 1982 – Lola Astanova – kelib chiqishi oʻzbek bo‘lgan amerikalik pianinochi.
  • 1987 – Sebastyan Vettel – nemis poygasi, Formula-1 toifasida to’rt karra jahon chempioni.
  • 1992 – Nataliya Ramos – ispan va amerika aktrisasi.