8 iyul kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Butunjahon allergiyaga qarshi kurash kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Tojikiston – Nogironlar va keksalar kuni.
?? Malayziya ‐ Penang shtati gubernatorining tug’ilgan kuni‌‌.
?? Ukraina  – Oila kuni.
?? Rossiya – Oila, sevgi va sadoqat kuni.
?? Latviya ‐ Dengiz va baliqchilar bayrami.

? VOQEALAR:

  • Mil. av. 52 – Parij (Lyutetsiya) tashkil topgan kun.
  • 1497 – Vasko da Gama boshchiligidagi Yevropadan Hindistonga birinchi dengiz  ekspeditsiyasi Lissabondan jo’nadi.
  • 1618 – Mariya de Medichining xizmatkori fransuz malikasini «sehrlaganligi» uchun qatl etildi.
  • 1659 – Qonotop jangi.
  • 1686 – Buda qamali.
  • 1709 – Shimoliy urush: Poltava jangi.
  • 1777 – Vermont qullikni bekor qilgan birinchi shtatga aylandi.
  • 1796 – AQSh Davlat departamenti birinchi AQSh fuqarosi pasportini berdi.
  • 1916 – Turkiston va dasht viloyatlarining 400 ming aholisini majburiy mehnatga jalb qilish to’g’risidagi qaror. Qozoq qabilalarining ommaviy qo’zg’oloni shafqatsizlarcha bostirildi.
  • 1920 – Ingliz mustamlakasi Sharqiy Afrika  Keniya deb nomlandi.
  • 1969 – Vyetnam urushi: Janubiy Vyetnamdan Amerika qo’shinlarining chiqarilishi boshlandi, bu uch yarim yil ichida yakunlandi.
  • 1974 – KPSS Markaziy Komiteti Baykal-Amur temir yo’lini (BAM) qurish loyihasini tasdiqladi.
  • 1994 – O‘zbekiston Respublikasi hamda Quvayt  bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun.
  • 1998 – Google asoschisi  Larry Page „To google“ (oʻzbekcha: gugllash) feʼlini soʻzlar roʻyxatiga kiritdi.
  • 2008  – Chexiya Evropa kosmik agentligining 18-a’zosiga aylandi.
  • 2022 – Yaponiyada saylovoldi tashviqoti chog‘ida sobiq bosh vazir Sindzo Abe o‘ldirildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1593 – Artemisia Gentileschi (1653) – italiyalik rassom.
  • 1621 – Jan de Lafonteyn (1695) – fransuz shoiri va fantast yozuvchisi.
  • 1836 – Jozef Shomilen (1914) – britaniyalik siyosatchi va davlat arbobi, Ostin Chemberlin va Buyuk Britaniya bosh vaziri Nevil Chemerlenning otasi.
  • 1839 – Jon Rokfeller (1937) – Amerikalik sanoatchi, Standard Oil neft kompaniyasining asoschisi.
  • 1842 – Nikolay Benardos (1905) – rus muhandisi, barcha turdagi yoyli elektr payvandlash ixtirochisi.
    1851 – Artur Jon Evans (1941) – ingliz tarixchisi va arxeologi, Minoy sivilizatsiyasini topgan.
  • 1894 – Piter Kapitsa (1984) – Sovet fizigi, muhandis, akademik, Nobel mukofoti sohibi (1978).
  • 1895 – Igor Tamm (1971) – Sovet nazariy fizigi, professor, akademik, fizika bo’yicha Nobel sohibi (1958).
  • 1904 – Anri Kartan (2008) – fransiyalik matematik. 
  • 1912 – Maqsuda Hojinova (1981) – mexanika sohasidagi olima.
  • 1917 – Mixail Devyatayev (2002) – o’g’irlangan samolyotda nemis konslageridan qochgan Sovet qiruvchi uchuvchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni.
  • 1950 – Konstantin Raykin – teatr va kino aktyori, Satirikon teatrining badiiy rahbari, Rossiya xalq artisti.
  • 1952 – Karen Shaxnazarov – rus rejissyori, ssenariynavis, prodyuser, jamoat arbobi, Rossiya xalq artisti.
  • 1972 – Gulnora Karimova – Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning toʻngʻich qizi, Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchisi (2010-2012).
  • 1981 – Anastasiya Miskina – rossiyalik tennischi.
  • 1994 – Bahodir Jalolov – ogʻir vazn toifasida professional bokschi, Olimpiya oʻyinlari chempioni (2020), ikki karra jahon chempioni (2019, 2023), Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro toifadagi sport ustasi.