12 iyul kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? Xalqaro qum va chang bo’ronlariga qarshi kurash kuni.
? Butunjahon fuqaro aviatsiyasi bortprovodniklari kuni.
? Xalqaro gandbol haftaligi boshlanishi.
? Malala kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Meksika – Advokatlar kuni.
?? Eron – Hijob va iffat kuni.
?? Montserrat – Milliy ibodat va minnatdorchilik kuni.
?? San-Tome va Prinsipi – Mustaqillik kuni.
?? Kiribati – Mustaqillik kuni.
?? Mo‘g‘uliston ‐ Nadam festivali.

? VOQEALAR:

  • 464 – Lyu Szye otasi Syaou-di vafotidan keyin Janubiy Sunning 6-imperatori bo’ldi.
  • 1573 – Alba gertsogi boshchiligidagi Ispaniya armiyasi 7 oylik qamaldan so’ng Xaarlem shahrini egallab oldi.
  • 1580 – Injilning toʻliq shakli nashr qilindi.
  • 1590 – Saratov shahri tashkil etildi.
  • 1679 – Ingliz qiroli Karl II fuqarolarning sud huquqlarini kafolatlovchi hujjat chiqardi.
  • 1776 – Jeyms Kuk Plimutdan so’nggi ekspeditsiyasiga jo’nab ketdi.
  • 1806 – Napoleon Germaniya davlatlarining Reyn ittifoqini tuzdi.
  • 1862 – AQShning eng yuqori harbiy mukofoti – «Shon-sharaf medali» ta’sis etildi.
  • 1901 – Reyxstagda duel mumkinligi belgilandi.
  • 1917 – Birinchi jahon urushi paytida dunyoda birinchi marta kimyoviy qurol-iprit gazi ishlatilgan.
  • 1920 – Litva va RSFSR o’rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi.
  • 1943 – Proxorovka jangi.
  • 1962 – Londonda The Rolling Stonesguruhining ilk konserti.
  • 1988 – Tog’li Qorabog’ viloyati Ozarbayjon tarkibidan chiqqanini e’lon qildi.
  • 1993 – Yaponiyaning Xokkaydo orolida sodir bo’lgan va Rixter shkalasiga ko’ra 7.7 magnitudali yer silkinishi, 230 kishining umriga zomin bo’ldi.
  • 1998 – Fransiya futbol jamoasi finalda Braziliyani mag’lub etib, birinchi marta futbol bo’yicha jahon chempioni bo’ldi.
  • 2006 – Hizbulloh jangarilarining qurolli harakati Isroil-Livan mojarosining boshlanishiga olib keldi.
  • 2009 – Daliya Gribauskayte Litvada birinchi prezident ayol bo‘ldi.
  • 2011 – Neptun 1846-yilda sayyora kashf etilganidan beri Quyosh atrofida birinchi to’liq aylanib chiqishni yakunladi.
  • 2021 – Yevropada suv toshqinlari boshlandi, 190 dan ortiq odam, shu jumladan Germaniyada 150 dan ortiq odam halok bo’ldi.

Bugun 12-iyul 2023-yil, chorshanba.

? TAVALLUDLAR:

Mil. avv. 100 – Gay Yuliy Sezar (mil. av. 44) – Qadimgi Rim davlat arbobi va siyosatchisi, qo’mondon va yozuvchi.

  • 1782 – Etyenn Mark Katrmer – (1857) – fransuz sharqshunosi. 
  • 1812 – Mirzo Fatali Oxundov (1878) – Ozarbayjon yozuvchisi, ma’rifatparvar, faylasuf.
  • 1813 – Klod Bernard (1878) – Fransuz fiziologi, endokrinologiya asoschisi.
  • 1824 – Ejen Buden (1898) – Fransuz dengiz janrida chizuvchi rassomi, impressionizm peshqadami.
  • 1870 – Lui II (1949) – Monako shahzodasi (1922-1949).
  • 1878 – Abdulla Avloniy (1934) – XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi.
  • 1886 – Abdurauf Fitrat (1938) – oʻzbek tarixchisi, filolog, tarjimon, yozuvchi, dramaturg va shoir, zamonaviy oʻzbek tili va adabiyoti asoschilaridan biri, Oʻrta Osiyo jadidchiligining taniqli vakillaridan biri, birinchi oʻzbek professori (1926).
  • 1904 – Pablo Neruda 1973) – Chili shoiri, Nobel mukofoti sohibi (1971).
  • 1913 – Uillis Yudjin Lemb 2008) – amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1955).
  • 1916 – Lyudmila Pavlichenko (1964) – Dunyo tarixidagi eng muvaffaqiyatli mergan ayol, Sovet Ittifoqi Qahramoni.
  • 1928 – Elayas Kori – amerikalik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1990).
  • 1946 – Valentina Tolkunova (201) – qo’shiqchi, RSFSR xalq artisti.
  • 1959 – Tupou VI – Tonga Qiroli (2012-yildan). 
  • 1970 – Li Byon Xon –  janubiy koreyalik aktyor.
  • 1973 – Kristian Vyeri – italiyalik futbolchi, hujumchi.
  • 1978 – Mishel Rodriges – amerikalik aktrisa.
  • 1985 – Emil Xegle Svendsen – norvegiyalik biatlonchi, 4 karra Olimpiya chempioni, 12 karra jahon chempioni.
  • 1989 – Fibi Tonkin – avstraliyalik aktrisa va model.
  • 1991 – Xames Rodriges –  kolumbiyalik futbolchi.
  • 1997 – Malala Yusufzoy – pokistonlik inson huquqlari faoli, Nobel mukofoti sohibasi (2014)