? BAYRAMLAR:
? Butunjahon ilonlar kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Kuba, ?? Venesuela, ?? Panama ‐ Bolalar kuni.
?? Boliviya – La Pas kuni.
?? AQSh ‐ Milliy shaxsiy oshpaz kuni.
?? Gonduras – Muhandislar kuni.
?? Ukraina – Buxgalter va auditorlar kuni.
?? Belarus, ?? Rossiya, ?? Ukraina, ?? Qozog‘iston, ?? Armeniya ‐ Metallurglar kuni.
?? Fransiya – Xolokost qurbonlarini xotirlash kuni.
?? Turkmaniston‐ G’alla bayrami (bug’doy yig’im-terimi bayrami).
? VOQEALAR:
- 622 – Islomiy taqvim boshlangan kun.
- 1054 – Xristianlik cherkovi ikkiga ajralib ketdi.
- 1439 – Angliyada o’pish taqiqlandi. Sababi – vabo epidemiyasi.
1548 – Ispanlar La Pas shahriga asos solishdi (La Paz – ispan tilida «tinchlik»). - 1643 – Gollandiyalik de Friz ekspeditsiyasi Saxalinni ochishdi.
- 1661 – Stokgolm banki tomonidan birinchi Yevropa banknotalari chiqarildi.
- 1850 – Fransiyada matbuot erkinligi cheklandi.
- 1867 – sobiq fransuz bog’boni Jozef Mone temir-beton uchun patent oldi, bu ko’p qavatli binolarni qurishda asosiy materialga aylandi.
- 1877 – Uimbldonda tennis bo’yicha birinchi musobaqa finali. G’olib Spenser Gor bo’ldi.
- 1909 – Audi kompaniyasiga asos solindi.
- 1920 – Sovet Rossiyasining blokadasi Antanta tomonidan olib tashlandi.
- 1944 – ozod qilingan Minskda partizan paradi bo’lib o’tdi.
- 1945 – AQSH ning Nyu – Meksiko shtatida atom bombasining ilk sinovi muvaffaqiyatli oʻtdi.
- 1950 – Urugvay-Braziliya futbol jamoalari oʻyinida Braziliya magʻlu boʻldi.
- 1965 – Mont Blan ostida (Alp tog’larining eng baland cho’qqisi, 4807 m) Fransiya va Italiyani bog’laydigan tunnel ochildi.
- 1969 – „Apollon-11“ Oyga uchdi.
- 1977 – Barcha sovet mutaxassislari Somalidan chiqarib yuborildi.
- 1979 – Saddam Husayn Iroq prezidenti bo’ldi.
- 1990 – Ukraina oʻzining suverenitetini eʼlon qildi.
- 1990 – Saturnning yo‘ldoshi – Saturn XVIII nomi bilan tanilgan Pan kashf qilindi.
- 1994 – Shumeykerlar-Levist kometasi Yupiter bilan to’qnashdi.
- 2000 – Internet-domenlar sonini ko’paytirish to’g’risida qaror qabul qilindi.
- 2002 – Vashington markazida xalqaro josuslik tarixiga bag’ishlangan noyob muzey ochildi.
? TAVALLUDLAR:
- 1486 – Andrea del Sarto (1530) – italiyalik rassom, Florensiya maktabi vakili.
- 1746 – Juzeppe Piyatsi (1826) – Birinchi kichik sayyora – Sererani kashf etgan italiyalik ruhoniy va astronom.
- 1841 – Vladimir Krilov (1906) – rus patologi, antropometriya asoschisi, Xarkov universitetining professori.
- 1860 – Otto Jespersen (1943) – daniyalik tilshunos, grammatik falsafa asoschisi.
- 1872 – Rual Amundsen (1928) – norvegiyalik qutblarni o’rganuvchi sayohatchi va kashfiyotchi.
- 1888 – Frits Sernike (1966) – golland fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1953).
- 1896 – Trygve Li (1968) – norvegiyalik siyosatchi, BMTning birinchi Bosh kotibi (1946-1952).
- 1902 – Aleksandr Luriya (1977) – sovet psixologi, neyropsixologiya asoschisi.
- 1939 – Konstantin Kobets (2012) – General, 1991-yil avgustda Oq uy mudofaasi boshlig’i, RSFSR mudofaa vaziri (1991).
- 1941 – Omon Muxtor (2013) – oʻzbek yozuvchisi, shoiri, dramaturg.
- 1944 – G‘ayrat Raxmatqoriyev – kimyo fanlari doktori, kimyogar olim, professor.
- 1945 – Chetin Tekindor – turk aktyori.
- 1962 – Grigoriy Leps – qo’shiqchi, sozanda, Rossiyada xizmat ko’rsatgan artist.
- 1968 – Leonid Agutin – estrada xonandasi, bastakor, Rossiyada xizmat ko’rsatgan artist.
- 1968 – Larri Sanger – amerikalik falsafa fanlari doktori, Vikipediya asoschilaridan biri.
- 1982 – Carli Lloyd – sobiq amerikalik professional futbolchi.
- 1986 – Shahboz Erkinov – O’zbekistonlik futbolchi.
- 1988 – Serxio Buskets – ispaniyalik futbolchi, jahon (2010) va Yevropa chempioni (2012).