YONILG’I FILTRI
YONILG’I FILTRI – yonilg’ini mexanik aralashmalar va suvdan tozalaydigan qurilma. Ichki yonuv dvigatelitl yonilg’i bilan ta’minlash tizimida qo’llaniladi. Yonilg’i yaxshi tozalanmasa, karbyuratorli dvigatelda jiklyorlarni, dizelsa yonilg’i nasosi va forsunkani ifloslantirib, ularni ishdan chiqarishi mumkin. Dizel dvigatellarida bir yo’la dag’al va mayin tozalovchi Yonilg’i filtridan foydalaniladi. Dag’al tozalovchi Yonilg’i filtri tirqishli metall lenta yoki plastinkalardan iborat bo’lib, yirik zarralarni tutib qoladi. Mayin tozalovchi Yonilg’i filtri paxta, ip (qog’oz) va fetr (maxsus jun) dan tayyorlanib, yonilg’ini juda mayda aralashmalardan tozalaydi. Karbyuratorli dvigatellarda to’rli va plastinkali filtrlar qo’llaniladi.