YONG’OQDOSHLAR
YONG’OQDOSHLAR (Juglandaceae) yopiq urug’lilar toifasiga mansub ayri tojbargli daraxtlar oilasi. Barglari yirik, toq patsimon, efir moyli. Gullari bir jinsli, changchi gullari kuchaladan iborat. Urug’chi gullari novda uchida bittadan yoki bir nechtadan joylashgan. Gulqo’rg’oni oddiy, 4 bargchali. Urug’chi guli 2 mevabargchali. Mevasi oshlovchi moddalarga boy qalin po’st bilan o’ralgan. Mag’zi burishgan, yirik urug’pallali. 50 ga yaqin turi bor. Osiyoning sharqida va Amerikaning tropik qismlarida ko’p o’sadi. O’zbekistonda yong’oq turkumiga mansub 1 ta turi yovvoyi holda o’sadi. Mag’zida 77% gacha yog’ bor. Bargidan, meva po’stidan to’q jigarrang bo’yoq va vitaminlar olinadi. Yog’ochi mebel tayyorlashda ishlatiladi.