YORITQICHLARNING TO’SILISHI
YORITQICHLARNING TO’SILISHI, Quyosh va oy tutilishlari — Oy o’zining yer atrofidagi harakati davrida uzoq yoritqichlar (yulduzlar) oldidan o’tib, ularni to’sishi hodisasi. Ko’pincha, yulduzlar to’siladi. Yulduz qanchalik ravshan bo’lmasin, u oy bilan to’silganda oy chetida to’satdan yo’qoladi (to’silishning boshlanishi) va to’satdan paydo bo’ladi (to’silishning oxiri). Sayyoralarning to’silish hodisalari ham uchraydi. Yer oydan tushgan soyaga yoki oy Yerdan tushgan soyaga to’g’ri kelib qolganda Quyosh va oy tutilishlari ro’y beradi. To’liq Quyosh tutilishi 7,5 minutdan, qisman (katta fazali) Quyosh tutilishi 2 soatdan oshmaydi. Oydan tushgan soya yerda taxminan 1 km/s tezlikda harakatlanadi va 15 kilometrgacha masofani bosib o’tadi. Uning diametri 270 kilometr chamasida bo’ladi. Bu esa to’liq Quyosh tutilishining eng keng enini tashkil qiladi. To’liq oy tutilishi 1 soat 45 minutgacha cho’zilishi mumkin. Bu hodisa Quyosh, oy va oy orbitasi tugunlarining osmon gumbazidagi o’zaro vaziyatlari davriy ravishda takrorlanishi bilan bog’liq. Har yili ko’pi bilan 7 Quyosh va oy tutilishlari yuz beradi (bundan 3 tasi oyga to’g’ri keladi), kamida 2 tutilish (ikkalasi xam Quyoshga to’g’ri keladi) ro’y beradi. Yoritqichlarning to’silishi rasadxonalar va maxsus stansiyalardan asboblar orqali kuzatiladi. Ularni oddiy ko’z bilan (qoraytirilgan shisha orkali) ham kuzatish mumkin. Quyosh tutilishlari yangioy (Quyosh bilan oy bir chiziqqa to’g’ri kelgan) paytdagina yuz beradi. Oy orbitasi tekisligi ekliptika tekisligi bilan ustma-ust tushganda, har yangioy paytida Quyosh tutilishi yuz berar edi. Ammo oy orbitasi ekliptikaga og’ma bo’lganidan bunday bo’lmaydi. Yangioy ekliptika yaqinida bo’lgandagina tutilish ro’y beradi. Quyosh tutilishi Yer sirtining har xil nuqtalari uchun turli ko’rinishda bo’ladi. Oy g’arbdan sharqqa harakatlanganligi uchun tutilish Quyosh diskining G’arb (o’ng) chetidan boshlanadi. Quyosh asta-sekin ingichka o’roq shaklini ola boshlaydi. Quyosh diskining oxirgi nuqtalari yo’qolib, tuda tutilish boshlanganda oyning qora diski atrofida yorug’-shula yaraqlab ko’rinadi (bu Quyosh tojidir). Osmon birdan krrayadi, atrofda qizg’ish shu’la («shafaq halqa») ko’rinadi. Tutilish 2 soatcha davom qilishi mumkin, ammo to’la faza bir necha minutgina davom etadi, chunki oy diski Quyosh diskidan ozgina kattaroq xolos, shuning uchun butunlay to’sib turish uzoqqa cho’zilmaydi. Oy tutilishi to’linoy paytlaridagina, ya’ni Oy Quyoshga qarshi turganda ro’y beradi. Oy g’arbdan sharqqa harakat qilganidan Yer soyasiga oyning Sharqiy (chap) cheti oldin kiradi. Oy o’roq shakliga kira boradi. Bu shakl odatdagi oy fazalaridan farq qiladi. Oy erning soyasiga butunlay kirsa, u holda to’la tutilish yuz beradi. Agar oy soyaning chetidan o’tsa, tutilish qisman bo’ladi. Yer soyasining diametri oy diski diametridan deyarli 2,5 marta katta bo’lganidan oyning to’la tutilishi 2 soatcha davom qilishi mumkin. Yupiter va uning yo’ldoshlarini oy to’sishi. tutilish vaqtida ham oy butunlay yo’qolib ketmaydi, faqat odatdagiga nisbatan kuchsiz nur sochadi, qizg’ish sim rangga kiradi. Har bir tutilish 18 yil 11 kun yoki 18 yil 10 kunda (kabisa yilning nomiga qarab) takrorlanib turganidan tutilishlarni oldindan aytish mumkin. Shuncha vaqt o’tgandan so’ng Quyosh, oy va oy orbitasining tugunlari bir-birlariga nisbatan taxminan dastlabki vaziyatlariga qaytib keladi. Har bir oy tutilishi Yer yarim sharining hamma joyida ko’rinadi, Quyosh tutilishlari esa tor bir oraliqdagina ko’rinadi. Ayniqsa, Quyoshning to’la tutilishi ahyon-ahyonda ko’rinadi.