YORONGULDOSHLAR

YORONGULDOSHLAR (Geraniceae) ikki urug’pallalilar sinfiga mansub oila. Ko’p yillik va bir yillik utlardan, ba’zan yarim butalardan iborat. Barglari bo’lmali yoki butun, ba’zan patsimon ajralgan. Ko’pchilik turlarining gullari to’gri, ikki jinsli, ko’proq qizil yoki binafsha rangli bo’ladi. Yer yuzida oilaning 650 ga yaqin turi va 11 turkumi ma’lum. Asosan o’rtacha issiq va subtropik zonalarda tarqalgan. Shulardan 4 turkumiga mansub 20 turi O’zbekistonda o’sadi. Janubiy Afrikada o’suvchi Pespargonum turkumiga mansub turlar va ularning duragaylari manzarali va efirmoyli o’simlik sifatida ekiladi. Oilaning yorongul turkumi O’zbekistonda keng tarqalgan.