YOSMIN

YOSMIN, Jasmin (Jasminum) — zaytundoshlarning bir turkumi. Tropik va subtropik o’lkalarda 200 ga yaqin turi bor. Shulardan 2 turi dorivor (J. Officinall — Gruziyada va J. fruticans — Kopetdog’da) yovvoyi holda o’sadi. Abxaziyada yirik gulli Yosmin (Jasminum grandiflorum L.) ekiladi, gulidan parfyumeriya sanoatida qimmatli efir moyi olinadi (yangi terilgan gulida 0,1% gacha efir moyi bor), choyga xushbo’y hid berish uchun ishlatiladi. O’zbekistonda Yosmin (J. fruticans) manzarali o’simlik sifatida (1,2×0,75 yoki 1×1 metr sxemada) ekiladi. Yosmin ekilgan maydonlardan 20-25 yil gul olish mumkin. Bo’yi 100 150 santimetr, barglari oddiy yoki 3 bo’lakli, ustki bargchalari kuraksimon. Kosachasi qo’ng’ir, bigizsimon, uzun bo’laklarga bo’lingan. Guli sariq. May oyida qiyg’os gullaydi.