Nimaga chekishni tashlagan insonda semirish kuzatiladi?
— Ushbu postda biz chekadigan ortiqcha vaznli odamlar haqida emas, balki chekishni tashlaganidan soʻng, vazn toʻplagan insonlar haqida gaplashamiz. Toʻgʻri, chekishni tashlaganlar taʼm boʻyicha sezgirlikni tiklaydilar va bu ta’sirida koʻplab sobiq chekuvchilarning ishtahasi ochiladi – bu normal holat. Chekishni tashladingizmi, demak kundalik jismoniy tarbiya haqida eslash, shuningdek, koʻproq sabzavot va mevalarni isteʼmol qilish vaqti keldi.
— Gap shundaki, odamlar chekishni tashlashda yuzaga keladigan stressni «nazorat qila» boshlaydilar va oldin chekishgan vaziyatlarda odatda hech narsa qilmasdan ovqatlanadilar. Natija – (agar badantarbiya qilinmasa) bir necha kilogramm ortiqcha vazn bilan tugashi mumkin.
— Chekish tananing endokrin tizimini buzishi va biroz vazn yoʻqotishiga olib keladi. Ammo bu sizga kerakli boʻlgan ortiqcha vazn yoʻqotish turi emas. Shu sababli ham chekmang, zero gormonal darajadagi buzilishlar bir necha kilogramm uchun juda yuqori narx.