Nimaga aynan 1-aprel hazil kuni hisoblanadi?
— Aslida bu boʻyicha bir nechta taxminlar mavjud. Ular ichida eng haqiqatga yaqini quyidagicha. Yevropa davlatlarida aprel oyi – qishning tugashi va bahor faslining boshlanishi deb qaralgani sababli bu oyda oʻyin-kulgi qilish, bazmlar oʻtkazish urf boʻlgan. Anʼananing boshlanishi taxminan XVI asrga toʻgʻri keladi va bunday bazmlarni tashkillashtirgan ilk xalq fransuzlar boʻlgan.
— 1564-yilda qirol Charlz IX – Fransiya Julian kalendaridan (biz hozirda foydalanadigan) Grigoriy kalendariga oʻtishini va endi yangi yil 1-aprelda emas, 1-yanvarda nishonlashini eʼlon qiladi. Bunga oʻrganmagan sodda xalq bir-birlariga 1-aprelda ham sovgʻalar beraverishadi. Yillar oʻtib sovgʻalar “bachkanalashib”, kulgili boʻlib ketaveradi va hozirgi “hazil kuni” paydo boʻladi.