Absolyut qattiq poydevor

Absolyut qattiq poydevor – konstruksiyalar deformatsiyalanishi oqibatida ko’chishi yer (asos)ning ko’chishiga solishtirganda kichik bo’lgan poydevor. Absolyut qattiq poydevorlarga kolonnalar tagida alohida turuvchi poydevorlar, oraliq masofasi katta bo’lmagan kolonnalar bilan yuklangan katta ko’ndalang kesimga va nisbatan kichik uzunlikka ega bo’lgan tasmali poydevorlar, uskunalar ostidagi massivli poydevorlar kiradi.