Akustik materiallar (akustik ashyolar)
Akustik materiallar (akustik ashyolar) – shovqinni kamaytirish va xonada optimal eshitish sharoitlarini yaratish uchun mo’ljallangan materiallar; bular tovush yutuvchi va tovushni izolyatsiyalovchiga bo’linadi. Akustik materiallar mato, plita, blok, paxta yoki sochiluvchan moddalar (keramzit, kengaytirilgan perlit) ko’rinishida tayyorlanadi.