Blok (bo’lim)
Blok (bo’lim) – ko’pincha to’g’ri burchakli paralleliped shakliga ega bo’lgan va tashqi, ichki devorlar, poydevorlar hamda binolarning boshqa qismlarini qurishda qo’llaniladigan konstruktiv element. Bloklar tabiiy toshlar, sopol (keramika), beton (har xil beton turlari) va boshqalardan tayyorlanadi. Bloklar yaxlit yoki bo’shliqlarga ega bo’lgan holatda ishlab chiqariladi. Shuningdek, deraza va eshik bloklari ham mavjud. Masalan: o’zak qolipli blok, shamollatish bo’limi, yuk ko’tarish chig’iri va hokazolar.