Daryo singari muzlik ham asta-sekin tog’lardan oqib tusha boshlaydi. U o’z harakati davomida ko’plab toshlarni joyidan qo’zg’atib, pastga dumalatadi. U bilan birga dumalayotgan toshlar yo silliqlanadi, yo boshqalariga urinib sinadi va ulardan morena (muzliklar bilan birga ko’chadigan tog’ jinslari uyumi) hosil bo’ladi. Muzlik o’z og’irligi bilan tuproqni ezib, ishdan chiqaradi. U pastga siljiyotganda qoyalarni buzib, katta-katta toshlarni dumalatadi. Bu toshlar tog’ etagida to’planib qoladi va muzlikning harakat yo’lini to’sib qo’yadi. Ba’zida bunday toshlar to’plami erigan suv oqimi yo’lini ham bo’g’adi va o’sha yerda ko’l hosil bo’ladi. Bunga o’xshash ko’llarning aksariyati Finlyandiyada joylashgan. Ular morena ko’llari deb ataladi. Finlyandiyadagi bunday ko’llar u yerni bir zamonlar qoplagan ko’hna muzliklar o’rnida paydo bo’lgan.

Nima uchun guruch suv ostida o’stiriladi?

Eng ulkan hajmdagi bo’shliqlik koinotda qayer?

Nimaga kimdir sizga ovqat tayyorlab bersa, ovqat yanada mazaliroq bo’ladi?

Nimaga dengizchilarni qo’l soati 24 soatdan iborat?

Nimaga yoqilg’i quyish shoxobchalarida plastik idishlardan foydalanish mumkin emas?

Nimaga Buyuk Britaniya — London telefon butkalari aynan qizil rangda?

Nimaga ko‘z uchadi?

Nimaga Xitoy tayoqchalari ekologiyaga zararli?

Nimaga ruchkani qopqog’ida teshik bor?
