Bo’r
Bo’r – 1) ohaktoshning so’ndirilgan oppoq va yumshoq turi. Bino pardozida ishlatiladi. Farg’onada ohak ba’zan bo’r deb ham ataladi; 2) bir jinsli, oq rangli, mayda donador, bo’yaluvchi organogen cho’kindi jins, ohaktoshning bir turi. Tarkibida CaCO3 91-98%. Hajm og’irligi 1500-1600 kg/m3, g’ovakligi 40-50%, namligi 20-35% gacha, mustahkamligi 4-5 MPa dan oshmaydi. Bo’r qurilish ohaki ishlab chiqarishda, nefeoin rudalarining alyuminiy oksidi, tsement va soda qayta ishlashda texnologik xom ashyo sifatida ishlatiladi.