Gidrotexnika inshootlari
Gidrotexnika inshootlari – suv resurslaridan foydalanish yoki suvning buzuvchi ta’sirlarini bartaraf etish uchun mo’ljallangan muhandislik inshootlarning umumiy nomini anglatatuvchi inshootlar bo’lib, ularga tirgak inshootlar (plotina, damba va hokazolar), suv o’tkazuvchi (kanallar, gidrotexnik tunellar, lotoklar, quvur o’tkazgichlar va shu kabilar), suv transporti, gidroenergetika, gidromeliorativ inshootlar, suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari, baliq xo’jaligi inshootlari kiradi.