Yog’och-taxta (arralangan yog’ochlar)
Yog’och-taxta (arralangan yog’ochlar) – kesilgan daraxtdan ko’ndalang va bo’ylama bo’linish yo’li bilan olingan tabiiy jismoniy tuzilishi va kimyoviy tarkibini saqlab qolgan yog’och materiallari, bo’linish turlari quyidagilar: arralash, bo’lish, randalash, tozalash, frezalash va silliqlash. Masalan: chetlari arralanmagan taxta, chetlari arralangan taxta, saralangan taxta, dumaloq yog’och, yirik yog’och, chekkasi qirqilgan taxta, nam yog’och va hokazolar.