Yog’och tolali plita
Yog’och tolali plita – organik, asosan, tsellyuloza tolalari, suvdan va sintetik polimerlar hamda maxsus qo’shimchalardan iborat tolali massani presslash yoki quritish yo’li bilan olinadigan konstruktiv yog’och material. Yog’och tolali plitalarni tayyorlash uchun xomashyo sifatida yog’ochni qayta ishlash sanoati va o’rmon kesish (yog’och parchalari va bo’laklari) hamda qamish, zig’ir poyasi va voshqa o’simliklar poyalaridan foydalaniladi.