Bodom suti haqida bilasizmi?
Bodom suti tarkibida kaliy, magniy, kalsiy, fosfor, temir, rux minerallari bor. Hammamizga ma’lumki, kalsiy suyaklar, tirnoq mustahkamligini ta’minlaydi. Magniy esa yurak faoliyatini yaxshilaydi.
Shuningdek, bodom sutida A, B, D, E vitamin guruhlari mujassamlashgan. A vitamini ko‘z ravshanligini ta’minlasa, E vitamini terini yoshartiruvchi xususiyatga ega.
Sigir, echki, tuya sutidan farqli ravishda bodom suti tarkibida xolesterin yo‘q. Bu esa ortiqcha vazndan xalos bo‘lmoqchi bo‘lganlar uchun ayni muddao.
Bodom sutining kaloriyasi past. 1 stakan bodom suti 60-65 kaloriyaga ega.