Ishchi hujjatlar

Ishchi hujjatlar – alohida bino, inshoot va ish turlarining ishchi chizmalari majmui. Murakkab ob’yektlar bo’yicha ishchi hujjatlar tuzishda loyiha materiallariga aniqlik kirituvchi qo’shimcha ishlar amalga oshiriladi. Ularning ishchi chizmalari butun bino va inshoot uchun ishlab chiqiladi. Ishchi hujjatlarda mehnat xarajatlari hisobi va asosiy qurilish materiallari sarfi ko’rsatilgan, spetsifikatsiya tuzilgan bo’lishi kerak, muvofiq turdagi asbob-anjomlar va buyumlarning gabarit sxemalari, bino va inshoot uchun qurilish ishchi chizmalari pasportlari tuzilgan bo’lishi kerak. Loyihalovchiga ishchi hujjatlani ishlab chiqishi uchun buyurtma qilinayotgan individual tayyorlanadigan va import asbob-uskunalarining dastlabki ma’lumotlari beriladi.