Konstruktiv beton

Konstruktiv beton – bino va inshootlar yuk ko’taruvchi va to’suvchi konstruksiyalarining betony bo’lib, u bunday konstruksiyalar sifatiga qo’yiladigan talablarni fizik-mexanik xarakteristikalar bo’yicha aniqlab beradi. Tarkibidagi yirik to’ldiruvchi donalarining o’lchami 10 mm.dan katta bo’lgan beton. Yirik to’ldiruvchining donalari orasidagi bo’shliq bog’lovchi modda bilan to’lmagan vaqtda hosil bo’ladigan ochiq g’ovaklarga ega bo’lgan beton turi. Beton mayda to’ldiruvchi (qum) mavjud bo’lmaganda yoki kam miqdorda bo’lganda shunday struktura hosil qilinadi va bu struktura uning asosiy xossalari-nisbatan katta bo’lmagan zichligi, yuqori bo’lmagan issiqlik o’tkazuvchanligi, yuqori bo’lmagan filtratsion qobiliyati, o’tkazuvchanligini aniqlab beradi.