BALALAYKA
BALALAYKA — uch torli, hamma torlari baravar chertib chalinadigan rus xalq musiqa asbobi. 18-asr boshida paydo bo’lib, rus xalqi orasida keng yoyilgan. Balalaykadan yakkanavozlik va ansambllarda, qo’shiq hamda raqslarga jo’rnavozliqda foydalaniladi. 19-asr oxiridarus musiqachisi, mohir balalaykachi V. V. Andreev hamkorligida soz ustalari F. Paserbskiy va N. Nalimovlar xalq Balalaykasini qayta ishlab, kattakichik turlarini yaratgan (Balalayka -prima, Balalayka -sekunda, Balalayka -Alt va hokazolar). Mazkur sozlar guruhi asosida rus xalq cholg’u asboblari orkestri tashkil etilgan.