BADAYEV NIKOLAY DMITRIYEVICH
BADAYEV NIKOLAY DMITRIYEVICH [1915.21.4 (4.5), mordva, Torbeevo stansiyasi — 1990.6.5, Samarqand] — aktyor, rejissyor. O’zbekiston xalq artisti (1964). Ashxobod, Tambov, Poltava shahri teatrlarida, 1946 yildan Samarqanddagi viloyatlararo rus drama teatrida ishlagan. Uning Yago (U. Shekspir, «Otello»), Mullado’st, Norboyvachcha (Hamza, «Maysaraning ishi», «Xolisxon»), Tursunov (S. Azimov, «Assalom yulduzlar»), Shayxulislom (M. Shayxzoda. «Mirzo Ulug’bek») kabi obrazlari yorqin va ta’sirchan. Badayev bir qancha asarlarni sahnalashtirgan; o’zbek filmlarida suratga tushgan.
O‘xshash so‘zlar
- BADAY
- Baday
- BADAYTO’QAY DAVLAT QO’RIQXONASI
- Baday to’qayi haqida eshitganmisiz?
- BADBO’YLAR
- BADE SAMARQANDIY
- BADEN
- BADEN MAKTABI






