Qayta tiklash (rekonstruksiya)
Qayta tiklash (rekonstruksiya) – bino va inshootlar, ko’chalar, maydonlar, shaharlarni rejalashtirish tuzilmasini qayta ko’rish, zamonaviylashtirish, yangilash. Qayta tiklashda ko’pincha binolarning tarixan shakllan elementlar qiyofasini shahar muhiti, tabiatini saqlab qolish nazarda tutiladi. Qayta qurishning maqsadi va tabiatiga qarab, uni renovatsiya, reabilitatsiya, revalorizatsiya va boshqa turlarini farqlaydilar. Masalan: shaharni qayta tiklash, sanoat korxonalarini qayta tiklash va hokazolar.