Sanitariya asboblari
Sanitariya asboblari – uy-joy, jamoat binolarida o’rnatiladigan oqova (xo’jalik va maishiy) suvlarni qabul qilgich. Vazifasi bo’yicha quyidagicha bo’linadi: gigiyenik maqsadlar uchun (qo’l yuvgichlar, vannalar, dush tagligi, unitazlar va hokazolar); xo’jalik maqsadlari uchun (oshxona yuvgichlari va hokazolar); maxsus maqsadlar uchun (laboratoriyalar, bolalar va tibbiyot muassasalari, ishlab chiqarish binolari maishiy xonalari).