BANDA DENGIZI

BANDA DENGIZI — tinch okeandagi orollar oralig’idagi dengiz. Indoneziyada, Seram, Vetar, Janubiy-Sharqiy va boshqa orollar orasida. Maydoni 714 ming kilometr kvadrat, chuqurligi 7440 metrgacha. Suvining yillik o’rtacha temperaturasi 27 gradus. Sho’rligi 34,5%. Tubida soyliklar va balandliklar, Janubda Gunung-API suv osti vulkani bor. Dengizda uchar baliq, akula, tunes va sakkizoyoqlar yashaydi. Ambon porti (Ambon orolida) bor.