BANDAR-SERI-BEGAVAN
BANDAR-SERI-BEGAVAN – Bruney poytaxti. Kalimantan orolining shimolida joylashgan. Janubiy Xitoy dengizi sohilidagi port. Aholisi 52 ming kishi (1991). Xalqaro aeroport bor. Mamlakatning savdo markazi. Yog’ochsozlik, kauchukni qayta ishlash, kema ta’mirlash korxonalari mavjud. Hunarmandchilikda mato to’qiladi, yog’och va kumushdan turli buyumlar tayyorlanadi. Baliq ovlanadi. Universitet bor.